Product Summery
Balzakning mashhur iborasi hamisha o'rinlimas. Shaharda ham daholar yetishadi. Odamning qayerda tugʻilib, qayerda o'lishi muhim emas. Uning nima qila olgani muhim. Muhimi - iste'dod. To'g'ri, qishloqda samimiyat, tabiiylik kuchli. Shaharda fikr ustunlik qiladi. Ularning o'rtasidagi farq bor-yo'g'i shunda. Men uchun qishloqda yashagan Folkner qanchalik zavq bersa, umrida shahardan boshqa yerda yashab ko'rmagan Kafka ham shunchalik zavq beradi. Men adiblarni shaharlik yoki qishloqlik deb boʻlishlariga, shu bo'lish orqali ulardan nimadir izlashlariga qarshiman.