Product Summery
Ushbu kitobning nomini oʼqigan kitobxon «ogʼir kunlar sevinchi ham boʼladimi? Boʼlsa, u nimadan iborat», deb hayratga tushishlari ham tabiiy. Lekin, boʼladi! Bu mening shaxsiy fikrim. Ogʼir kunlarning quvonchi nimadan iborat, u qanday boʼladi? Bu oʼsha ogʼir davrlarning guvohi boʼlgan faqatgina menga ayon. Podadan oldin chang chiqarib, bu haqda aytib oʼtirishni lozim topmadim. Ushbu kitobdagi men va rafiqamning boshdan kechirganlari bilan tanishgan oʼquvchilar men aytib bermasimdanoq oʼzlari ogʼir kunlarda quvonch boʼlishining sabablarini ilgʼab olishlariga imonim komil.