Product Summery
Mazkur kitob tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. “Aljabrning tug‘ilishi” va “Karvon yollarida# deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o‘quvchisi o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo‘lmish al-Xorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan “Aljabrning tug‘ilishi” qissasi o‘quvchining ham tarixiy, ham ma’naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga xos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg‘ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi. Feruz va Yoqutoy o‘rtasidagi go‘zal sevgi hamda ularning muhabbatiga raxna soluvchi qora kuchlar bilan o‘quvchi asar mutolaasi davomida tanishadi.“Karvon yo‘llarida” asarida Buxoro xoni Abdullaxon davrida jamiyatda hukm surgan vaziyat hamda siyosiy jarayonlar tarixiy faktlar asosida ifodalanadi. Asar qahramonlaridan biri, jabrdiyda Zahro obrazi o‘quvchi qalbini junbishga keltiradi. Asira qizning go‘zalligi xonlar va elchilar orasida tilga tushganligi bois, uning taqdiri ayanchli tus oladi...