product summery
Asqad Muxtor qalamiga mansub barcha asarlarda inson va uning qadr-qimmati yuksak darajada ulug‘lanadi. Mustaqillikdan so‘ng ilk bora nashr etilayotgan mazkur "Kumush tola" qissasida ham yozuvchi azaliy anʼanasidan chekinmagan. El xizmatiga kamarbasta, fidoyi inson, xalqining g‘am-anduhini o‘zining barcha rohat-farog‘atidan ustun qo‘ygan pillachi Tojixon aya siymosini satrlar orqali ko‘z oldingizga keltirarkansiz, mushfiqa ayolning umr poyonida anglab yetgan haqiqati sizni ham qattiq o‘yga toldiradi: insonning yashashdan maqsadi nima? Tojixon aya umri davomida qilgan fidoyiliklari evaziga hayot unga qanday javob qaytardi? Odamlarchi? "Kumush tola" aynan shu savollari, og‘riqlari bilan siz uchun qadrli bo‘lib qoladi..