Ufq (roman) (А4.5, qattiq) 512 bet

52 000

product summery

Ufq trilogiyasi- O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad (asl ism-sharifi — Saidahmad Husanxoʻjayev) qalamiga mansub 1964-1974-yillar oraligʻida yozilgan uch qismdan iborat roman. Ilk marotaba 1976-yilda G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan 60000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan. Trilogiya ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillardagi oʻzbek millati hayoti va Katta Fargʻona kanali qazilgan davrdagi voqealarini oʻz ichiga oladi. Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi. Romanda davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar ichida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon kabi tutashgan taqdirlar hayotidagi fojialar tasvirlangan. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlarning yana sevgiga va sadoqatga roʻbaroʻ boʻlishi, birinchi muhabbat davr va sinovlar qaʼriga singib ketishini koʻrish, jonli tasvirlar orqali tarixiy maʼlumotlar bilan tanishish, ezilgan xalqning hayot mashaqqatlarini tushunish mumkin..

Soni